09:52 / 06.03.2018
6 700

Dvigateli ishlamay qolgan samolyot yo‘lovchilari yig‘lab, iltijo qilishdi (video)

Dvigateli ishlamay qolgan samolyot yo‘lovchilari yig‘lab, iltijo qilishdi (video)
Dvigateli ishlamay qolgan samolyot Bishkek shahriga shoshilinch qo‘nishni amalga oshirdi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Yakshanba kuni Qirg‘izistonning Tez Jet aviakompaniyasiga tegishli RJ-85 rusumli samolyoti Bishkekning Manas aeroportida shoshilinch qo‘nishni amalga oshirdi.

Nashrning xabar berishicha, samolyot Moskva vaqti bilan 14:22 da Qirg‘iziston poytaxtidan Batken shahri tomon parvozni amalga oshirgan. Biroq oradan ko‘p vaqt o‘tmay, samolyot uchuvchisi shoshilinch qo‘nishga ruxsat so‘ragan. Havo kemasining chap dvigateli ishlamay qolgani sababli ekipaj komandiri parvozni to‘xtatishga qaror qilgan.

Samolyot Bishkek aeroportiga talafotsiz qo‘ndi. Favqulodda vaziyat yuz bergan vaqtda bortda 96 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur samolyot bortida bo‘lgan yo‘lovchilardan biri bo‘lgan voqeani videoga olgan.

Ushbu >>>VIDЕOda yo‘lovchilarning qo‘rqqanidan yig‘lab, iltijo qilganini, samolyot yerga qo‘nganidan keyin qarsak chalib, uchuvchini olqishlashganini ko‘rish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dvigateli ishlamay qolgan samolyot yo‘lovchilari yig‘lab, iltijo qilishdi (video)