10:49 / 06.03.2018
4 340

Norvegiyada NUJga o‘xshash mehmonxona ochiladi

Norvegiyada NUJga o‘xshash mehmonxona ochiladi
Norvegiyada noodatiy shakldagi, noma’lum uchar jismga o‘xshash, Svartisen muzligiga manzaralar ochiluvchi mehmonxona ochiladi. Bu haqda Kun.uz saytida ma’lum qilingan.

U Powerhouse energiya tejovchi standartlari bo‘yicha loyihalangan va Qutb doirasi ortida joylashgan ilk mehmonxona bo‘ladi. Mehmonxona Arktik ford suvlarida Svartisen muzligi etagida qurilmoqda.

Ushbu mehmonxona boshqa zamonaviy mehmonxonalarga qaraganda 85 foiz kamroq elektr iste’mol qiladi. Quyosh energiyasi mehmonxonaning o‘ziga ham, uning qurilishi uchun ham yetadi. Mehmonxona yog‘och qoziqlarda turadi.

Mehmonxonaning dumaloq shakli va oynavandligi fordga manzarali ko‘rinishni ta’minlaydi. Mehmonxona 2021 yilda ochilishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Norvegiyada NUJga o‘xshash mehmonxona ochiladi