21:40 / 06.03.2018
6 269

Dahshatli YTH to‘yni azaga aylantirdi

Dahshatli YTH to‘yni azaga aylantirdi
Hindistonning Gujarot shtatidagi mehmonlarni to‘yga olib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darilib ketgan. Oqibatda 26 kishi qurbon bo‘lgan, deya xabar berdi ANI agentligi.

YTH mamlakat g‘arbidagi Rajkot va Bxavnagar shaharlarini bog‘laydigan avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib qo‘yishi oqibatida yuk avtomobili ko‘prikdan pastga qulab tushgan.

Xabarlarga ko‘ra, YTH natijasida 12 kishi jarohatlangan. Ularning barchasi shifoxonaga yetkazilgan.

Avtomobilda 60 kishi bo‘lgani aytilmoqda.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi halok bo‘lganlarning oila a’zolariga ta’ziya bildirib, jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishiga umid bildirgan.

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dahshatli YTH to‘yni azaga aylantirdi