00:35 / 07.03.2018
5 345

Rossiyada qulagan An-148 samolyoti kabinasidagi oxirgi lahzalar audioyozuvi

Россияда қулаган Ан-148 самолёти кабинасидаги охирги лаҳзалар аудиоёзуви
OAVda Moskva viloyatida 11 fevralda falokatga uchragan, “Saratovskiye avialinii” kompaniyasining An-148 samolyoti ekipaj komandiri va ikkinchi uchuvchining so‘nggi muloqoti rasshifrovkasi chop etildi. Moskvadan Orskga uchayotgan samolyot falokatga uchrashi oqibatida 71 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Parvoz boshlangandan bir necha daqiqa o‘tgach uchuvchilar avtoinformator ogohlantirishidan keyin tezlik datchiklaridagi tavofutga e’tibor qaratishadi. Samolyot uchuvchilarining bevosita falokat oldidan muloqotining to‘liq matni 78.ru tomondan chop etilgan. Quyida samolyotning yer bilan to‘qnashishiga bir daqiqadan kamroq vaqtdagi uchuvchilar muloqoti keltirilgan.

Samolyot ko‘tarilishi vaqtida tezlik datchiklari bir uchuvchinikida 390 km/soat, ikkinchisinikida 200 km/soat ko‘rsatgan. Bunda ikkinchi uchuvchi falokatga olib kelgan xatoga yo‘l qo‘yadi: u avtopilotni o‘chirib, samolyot tumshug‘ini pastga qaratadi.

- Qayerga pastga ketayapsan? Nimaga pastga ketyapsan?, - deb aytadi komandir Valeriy Gubanov.

- Chunki tezlik 200, - deb javob beradi uning sherigi.

- Balandlik! Balandlik! Balandlik!, - deb uch marta aytadi komandir.

Shundan keyin u sherigiga “Yuqoriga” deb buyuradi.

Biroq kech bo‘ladi. Bir necha soniyadan keyin samolyot 800 km/soat tezlikda yerga uriladi. Yer bilan to‘qnashuv uchuvchilarning anglab bo‘lmas hayqiriqlari ostida yuz beradi.

Samolyotning falokatga uchrashiga samolyot tezligi haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotlar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, datchiklar muzlab qolgani sababli nosoz ishlagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada qulagan An-148 samolyoti kabinasidagi oxirgi lahzalar audioyozuvi