Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQSH prezidenti Donald Trampga uchrashuv o‘tkazish taklifini yo‘lladi.
Avvalroq CNN telekanali xorijiy diplomatik manbalarga iqtibos keltirgan holda Shimoliy Koreya bilan muzokaralar o‘tkazgandan keyin Vashingtonga kelgan Janubiy Koreya delegatsiyasi Trampga Kim Chen In maktubini topshirganini ma’lum qilgandi.
Tramp Kim Chen Inning may oyigacha uchrashish taklifiga rozilik bergan. Bu haqda Janubiy Koreya prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Chon Iy Yon Tramp bilan muzokaralardan keyin ma’lum qildi.
Oq uy vakili Sara Sanders ham Trampning Kim Chen In bilan uchrashishga tayyorligini tasdiqlagan. “Tramp Kim Chen In bilan belgilangan joy va vaqtda uchrashish taklifini qabul qiladi. Biz Shimoliy Koreyaning yadroviy qurolsizlantirilishini sabrsizlik bilan kutmoqdamiz. Shu bilan birga barcha sanksiyalar va maksimal bosim saqlanib qolinishi kerak”, deb aytgan Sanders. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi