12:02 / 09.03.2018
5 419

Saudiya Arabistonidagi festivalda yosh sher bolalarga hujum qildi (video)

Саудия Арабистонидаги фестивалда ёш шер болаларга ҳужум қилди (видео)
Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o‘tayotgan bayram tadbiri vaqtida 6 oylik sher u bilan qafasda o‘ynashga ruxsat berilgan bolalarga hujum qildi.

Onlardan birida yirtqich hayvon nazorat ostidan chiqib, tajovuzkorlik namoyon qila boshlagan. U o‘z hududidan “o‘zgalar”ni haydab, bir qizchaga hamla qilgan. Qizchani sher hamlasidan yaqin atrofdagi katta yoshlilar qutqarib qolishgan.

Mahalliy nashr ma’lumotlariga ko‘ra, sherning tirnoqlari olib tashlangani sababli u qizga jiddiy zarar yetkazmagan.

Jidda ma’muriyati festivalni tugatib, voqeani tergov qila boshlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistonidagi festivalda yosh sher bolalarga hujum qildi (video)