10:34 / 10.03.2018
4 681

Rossiyada 6 metrli lo‘la kabob pishirildi (video)

Rossiyada 6 metrli lo‘la kabob pishirildi (video)
Rossiyaning Stavropolye o‘lkasidagi Mineralniye Vodi shahrida yashovchi bir guruh kishilar rekord kattalikdagi lo‘la kabob bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirishga umid qilmoqda. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.

Qiyma kabobning uzunligi 602 santimetrni tashkil qilgan. Rekordni qayd etish uchun zarur bo‘lgan ariza maxsus komissiyaga topshirilgan.

Eng uzun kabob Zmeyka tog‘i etagida tayyorlangan. Butun jarayon videoga olingan va ijtimoiy tarmoqlarga joylangan.

Xabar qilinishicha, termik ishlov berishdan so‘ng qiyma kabobning uzunligi 560 santimetrgacha qisqargan, shunday bo‘lsa ham, bu natija rekord hisoblanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada 6 metrli lo‘la kabob pishirildi (video)