11:38 / 11.03.2018
4 428

Tramp Kim Chen In bilan muzokaralar “katta muvaffaqiyat” bilan kechishini taxmin qildi

Tramp Kim Chen In bilan muzokaralar “katta muvaffaqiyat” bilan kechishini taxmin qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan muzokaralar katta muvaffaqiyat bilan o‘tishini kutayotganini aytgan.

“Fikrimcha Shimoliy Koreya bilan hammasi yaxshi bo‘ladi, o‘ylaymanki, bizni katta muvaffaqiyat kutmoqda. Bizda katta quvvatlov bor. Shu sababli, o‘ylashimcha, Shimoliy Koreya bilan barchasi yaxshi bo‘ladi”, deb jurnalistlarning Shimoliy Koreya bilan muzokaralar bo‘yicha prognoz haqidagi savollariga javob bergan Tramp.

Tramp muzokaralar vaqtida yadroviy sinovlar to‘xtatilishini kutayotgani, Shimoliy Koreya yadroviy qurolsizlantirish imkonini ko‘rib chiqayotganini aytgan.

“Shuning uchun hammasi yaxshi bo‘ladi”, deb o‘z so‘zlarini intiholagan Tramp.

Tramp Shimoliy Koreya yetakchisining uchrashuv haqidagi taklifini qabul qilgan. Uchrashuv may oyigacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Oq uyda uchrashuv joyi va sanasi keyinroq kelishib olinishi ma’lum qilingan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Kim Chen In bilan muzokaralar “katta muvaffaqiyat” bilan kechishini taxmin qildi