23:33 / 11.03.2018
4 250

Vladimir Putin Rossiya konstitutsiyasini o‘zgartiradimi? (video)

Vladimir Putin Rossiya konstitutsiyasini o‘zgartiradimi? (video)
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQShning «NBC» telekanaliga bergan intervyusida o‘zining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab mamlakat konstitutsiyasini o‘zgartirmasligini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Xabar» nashri «Yeuronews» telekanaliga tayanib.

Unga berilgan savol esa prezident lavozimida ishlash limitining o‘zgartirilishi haqida edi. Intervyu mart oyining boshida bo‘lib o‘tgan. Uning to‘liq versiyasi 9 mart kuni efirga uzatildi.

Jurnalist Megan Kellining Aleksey Navalniyni avf etish va o‘zi uchun munosib raqib sifatida saylovga qaytarish haqidagi savoliga u quyidagicha javob berdi: «Biz hozir aniq siyosiy kuchlar haqida gapirmoqdamiz. Ularda mamlakatni rivojlantirish dasturi yo‘q». Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyani rivojlantirish uchun muammolarni ochib tashlashning o‘zi kamlik qiladi, mamlakatga yaratuvchanlik kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vladimir Putin Rossiya konstitutsiyasini o‘zgartiradimi? (video)