13:23 / 14.03.2018
5 207

Tramp Tillersonni eskirgan salatni yeyishga majburlagan: «Oxirigacha yeb qo‘y, Reks»

Трамп Тиллерсонни эскирган салатни ейишга мажбурлаган: «Охиригача еб қўй, Рекс»
13 mart kuni AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh davlat kotibi (endilikda sobiq kotib) Reks Tillersonni iste’foga chiqarib, uning o‘rniga endilikda sobiq MRB (Markaziy razvedka byurosi) rahbari Mayk Pompeoni tayinlagandi.

Shundan keyin Tramp va Tillerson o‘rtasidagi munosabatlar haqida har xil xabarlar paydo bo‘la boshladi.

AQSh yetakchisi Donald Tramp Xitoyga tashrif vaqtida, o‘shanda Qo‘shma Shtatlar davlat kotibi lavozimini egallab turgan Reks Tillersonga so‘lib qolgan salatni yeyishga majburlagan. Bu haqda Kun nashri xabar qilmoqda.

Nashrning iddao etishicha, hodisa Xitoy parlamentida 2017 yilning noyabrida yuz bergan – «Trampning Osiyo bo‘ylab besh kunlik turi davomida».

Zalda Tramp, Tillerson va Amerika delegatsiyasining boshqa vakillari bo‘lgan.

Stolga «so‘lib qolgan Sezar» salati solingan tarelkalar qo‘yilgan bo‘lgan.

Gazeta manbalarining ma’lum qilishicha, Tramp yeyilmagan salat Xitoy tomonini xafa qilishidan xavotirda bo‘lgan. Shu sababdan u Tillersonga uni yeyishni boshlash haqida «topshiriq» bergan.

«Reks, salatni iste’mol qil», - degan prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Tillersonni eskirgan salatni yeyishga majburlagan: «Oxirigacha yeb qo‘y, Reks»