15:32 / 14.03.2018
4 446

Dunyoda "eng rivojlangan shaharlar" reytingining kuchli beshligi

Дунёда "энг ривожланган шаҳарлар" рейтингининг кучли бешлиги
«Juniper Research» konsalting tashkiloti «Intel» kompaniyasi bilan birgalikda jahonning eng rivojlangan yigirmata shahri nomini e’lon qildi. Bu haqida «Xabar» nashri ma’lum qilmoqda.

Birinchi pog‘onani Singapur egallagan. U birinchi o‘rinni to‘rt sohada ilg‘orligi uchun qo‘lga kiritgan: sog‘liq sohasi, xavfsizlik, samaradorlik va harakatlanishning qulayligi. Tadqiqotchilarning ma’lum qilishicha, Singapurda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan transport tizimi bir yilda 60 soat vaqtni tejash imkonini beradi, videokuzatuv tarmog‘i esa huquqni muhofaza qilish organlariga jinoyatchilikka qarshi kurashishda asosiy ko‘makchidir.

1965 yilda Malayziyadan mustaqil bo‘lgan shahar-davlat rivojlanishda butun dunyoga o‘rnak bo‘lishning uddasidan chiqqan.

Shuningdek, rivojlangan shaharlar reytingining kuchli beshligiga London, Nyu-York, San-Fransisko va Chikago ham kirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoda "eng rivojlangan shaharlar" reytingining kuchli beshligi