19:20 / 14.03.2018
7 262

Ko‘lga gul otgan kelin-kuyov ta’sirli voqeaga guvoh bo‘lishdi (video)

Ko‘lga gul otgan kelin-kuyov ta’sirli voqeaga guvoh bo‘lishdi (video)
O‘tgan yili Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi Labinsk shahridan o‘tgan Laba ko‘li ustidagi ko‘prikda g‘aroyib voqea sodir bo‘ldi. Yosh kelinlar an’anaga ko‘ra to‘y oldidan ko‘prik ustiga to‘xtadilar va ko‘lga gul otmoqchi bo‘ladilar. Bu haqda "Xabar" nashri ma’lum qildi.

Shunda ular ko‘prik ostidan o‘tgan ko‘lda cho‘kayotgan ota va uni qutqarmoqchi bo‘lgan yosh qizaloqni ko‘radilar. Ota o‘zi cho‘kayotganiga qaramay, muz ustidagi qizi ham sirpanib tushib ketmasligi uchun qizaloqni nariroq ketishga undardi. Buni ko‘rgan kuyov va uning do‘stlari yordamga oshiqishdi va hammasi xayrli yakun topdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ota va qiz ko‘l bo‘yida aylanib yurganlarida qiz sirpanib suvga tushib ketgan. Ota uni qutqaradi, lekin o‘zi sirpanchiq muzdan chiqa olmay qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ko‘lga gul otgan kelin-kuyov ta’sirli voqeaga guvoh bo‘lishdi (video)