09:51 / 16.03.2018
4 576

Shumaxerning qozog‘istonlik “onasi” eskicha qarashlarni chippakka aylantirdi (video)

Shumaxerning qozog‘istonlik “onasi” eskicha qarashlarni chippakka aylantirdi (video)
Qozog‘istonning Atirau viloyatida yashovchi 70 yoshli Nasip To‘lagenova Shumaxer kabi avtomobil boshqaradi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Atirau viloyatining Janbay Isatay tumanida yashovchi onaxon 1948 yilda tug‘ilgan. “Otam sovxozda traktorchi bo‘lib ishlar, traktorda pichan o‘rardi, - deya xotirlaydi onaxon. – Men har doim otamga yordam berishga harakat qilardim. Qachon qarasa, traktor atrofida o‘ralashayotganimni ko‘rgan sovxoz direktori meni traktorchilar tayyorlaydigan kursga yozdirdi. Avvaliga u yerga borishga uyaldim, buni ustiga ota-onam ham qarshilik ko‘rsatishdi. Hunar o‘rganish kelajakda asqatishini o‘ylab, kursda o‘qishga qaror qildim”.

U ilk marotaba T-40 traktori rulini boshqardi va tez orada brigadadagilar bilan pichan o‘rimiga chiqa boshladi. Turmushga chiqqandan keyin motor yig‘uvchi, slesar vazifalarida ishladi.

Nasip To‘lagenova mashina haydashdan oldin mototsikl boshqarishni o‘rgangan. Haydovchilik guvohnomasini olgandan keyin avtomobil boshqara boshlagan.

Hozirgi kunda onaxon mohir haydovchi hisoblanadi. “Mashinamda kelinlarni tuman kasalxonasiga, nabiralarimni maktabga, o‘zim esa to‘y-hashamlarga boraman. Avtomobilimni o‘zim ta’mirlayman”, deydi u.

Nasip buvining besh o‘g‘li, ikki qizi, yigirma nafar nevarasi va evaralari bor. Ro‘zg‘ordagi qora molga, xususan tuyalarga onaxonning o‘zi qaraydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shumaxerning qozog‘istonlik “onasi” eskicha qarashlarni chippakka aylantirdi (video)