00:20 / 17.03.2018
5 477

Hindistonlik 4 yoshli qiz Qur’on musobaqasida g‘olib chiqdi

Hindistonlik 4 yoshli qiz Qur’on musobaqasida g‘olib chiqdi
Hindistonning Andra Pradesh shtatidagi Bhimavaram shahrida Qur’onni yod olish bo‘yicha o‘tkazilgan musabaqada 4 yashar Muhammad Omina g‘olib chiqib 15 ming rupi mukofot puliga ega bo‘ldi. Bu haqda O‘MI Matbuot xizmati xabar berdi.

Qur’on tadqiqotlari Birlashgan forumi fevral oyida 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida Qur’on musobaqasini uyushtirgan edi.

Ikkinchi musobaqada Muhammad Omina “A” toifasida (3-4 yoshlilar o‘rtasidagi) bellashuvda g‘olib deb topilgani qayd etilgan.

Jamoati Islomiy Hind (JMH) partiyasining Bhimavaramdagi bo‘limi bosh qarorgohida partiyaning shahar qo‘mitasi prezidenti Shayx Imtiyoz Ominaning ota-onasiga 15 ming rupi mukofot puli chekini tantanali ravishda topshirdi.

Tadbirda chiqish qilgan Shayx Imtiyoz Birlashgan forum Qur’oni Karimni bolalarga targ‘ib qilish maqsadida ko‘p yillardan beri musobaqa uyushtirib kelayotganini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonlik 4 yoshli qiz Qur’on musobaqasida g‘olib chiqdi