09:05 / 17.03.2018
4 952

Eronda Mina Basharan va uning 7 nafar dugonasi bo‘lgan samolyot bo‘laklari topildi

Eronda Mina Basharan va uning 7 nafar dugonasi bo‘lgan samolyot bo‘laklari topildi
Eronda qutqaruv otryadlari Turkiyaning Bombardier Challenger 600 xususiy samolyoti qulagan hududga yetib bordi. Bu haqda mamlakat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar beradi «Daryo».

Halokat joyida 11 kishi — 8 yo‘lovchi va 3 nafar ekipaj a’zosining kuygan tana qoldiqlari topildi. Ularning shaxsini aniqlash uchun DNK tahlili talab qilinishi bildirilmoqda.

Qidiruv-qutqaruv operatsiyasiga bir necha maxsus brigada, shuningdek, alpinistlar va o‘t o‘chiruvchilar jalb etildi. Samolyot bo‘laklari dengiz sathidan 400-500 metr balandlikda, deyarli qoya qirg‘og‘ida topildi.

Foto: Tasnim
Eslatib o‘tamiz, Basharan Holding’ga qarashli va Sharjadan Istanbulga yo‘l olgan xususiy samolyot 11-mart, yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:20 da radarlardan g‘oyib bo‘ldi.

Shahri Kord shahri yaqinidagi tog‘li hududda qulagan va yonib ketgan havo kemasi bortida xolding egasi qizi, 28 mart kuni to‘yi bo‘lishi belgilangan Mina Basharan va uning 7 nafar dugonasi bor edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eronda Mina Basharan va uning 7 nafar dugonasi bo‘lgan samolyot bo‘laklari topildi