10:54 / 19.03.2018
5 332

Putin to‘rtinchi bor Rossiya prezidenti etib saylandi

Putin to‘rtinchi bor Rossiya prezidenti etib saylandi
Vladimir Putin Rossiya prezidenti saylovida rekord darajadagi natija bilan g‘alaba qozondi: uning uchun 52 milliondan ko‘proq saylovchi ovoz berdi (76,5 foizdan oshiq). Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Qayta saylangan davlat rahbari rossiyaliklarga ishonch uchun minnatdorlik bildirdi va avvalgidek g‘ayrat-shijoat bilan, biroq yanada samarali ishlashda davom etishini bildirdi.

Putin prezidentlik saylovida to‘rtinchi bor ishtirok etdi. 18 martga qadar uning uchun 2004 yilgi saylov natijalari (49,563 million kishi, 71,31 foiz) rekord ko‘rsatkich edi. 2012 yilda uni 45,602 million saylovchi (63,60 foiz) qo‘llab-quvvatladi.

Salkam 12 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rinni KPRF nomzodi Pavel Grudinin egalladi. Uchinchi o‘rinda qayd etilgan LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy 6 foizga yetmagan ovoz oldi.

Teleboshlovchi Kseniya Sobchakni saylovchilarning 1,65 foizi qo‘llab-quvvatladi. Qolgan 4 nafar nomzod 0,65 foizdan 1,03 foizgacha bo‘lgan ovoz oldi.

Putin keyinchalik prezidentlik saylovida ishtirok etgan barcha nomzodlar bilan uchrashish niyatini bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin to‘rtinchi bor Rossiya prezidenti etib saylandi