19:36 / 20.03.2018
3 399

AQShda haydovchisiz avtomobilni sinash chog‘ida bir piyoda halok bo‘ldi

AQShda haydovchisiz avtomobilni sinash chog‘ida bir piyoda halok bo‘ldi
O‘limga olib kelgan yo‘l hodisasidan so‘ng «Uber» kompaniyasi AQShning hamma shaharlarida haydovchisiz avtomobilni sinovdan o‘tkazish to‘xtatilishi haqida bayonot berdi. Dushanba kuni Arizona shtati Tempe shahrida bunday avtomobil yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolni urib yubordi.

Kompaniya bu nizoni tergov qilishda shahar hokimiyati bilan hamkorlik qilayotganini xabar qildi. Bir yil oldin «Volvo» rusumli yo‘ltanlamas avtomobil Arizonada ag‘darilib ketganidan keyin «Uber» kompaniyasi haydovchisiz avtomobillarni sinovdan o‘tkazishni to‘xtatgan edi, deb xabar bermoqda «Bi-bi-si».

Kompaniya rahbari Dara Xisravshohi fojiali xabardan chuqur qayg‘uda ekanligini bildirdi.

Boshqa kompaniyalar ishlab chiqargan haydovchisiz avtomobillar bilan ham shunday hodisalar yuz bergan. «Google» kompaniyasi sinovdan o‘tkazayotgan mashina 2016 yilda qatnov paytida avtobusga borib urilgandi. O‘shanda jarblanganlar bo‘lmagan.

Haydovchisiz avtomobillar ishlab chiqish bilan bir nechta kompaniya, jumladan «Apple» va «Tesla» ham shug‘ullanadi.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda haydovchisiz avtomobilni sinash chog‘ida bir piyoda halok bo‘ldi