Kemerovodagi fojiadan keyin bu shaharga 27 martda Rossiya prezidenti Vladimir Putin keldi. U “Zimnyaya vishnya” savdo markazidagi yong‘in oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Putin yig‘ilishda Rossiya tergov qo‘mitasi, sog‘liqni saqlash va favqulodda vaziyatlar vazirliklari rahbarlari va viloyat rahbariyati bilan uchrashdi.
Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin savdo markazida yong‘in signalizatsiyasi ishlamagani haqida, favqulodda vaziyatlar vaziri esa tegishli tekshiruvlar “soliq ta’tillari” bilan qiyinlashganini ma’lum qilgan. Bunga javoban Putin xavfsizlik masalalari va soliq ta’tillarini bir-biriga bog‘lamaslikni so‘ragan.
“Har bir shaxs harakatlariga huquqiy baho berish lozim, barchasini sinchkovlik bilan o‘rganib, huquqiy baho berish kerak. Qandaydir ta’tillarni bahona qilish kerak emas. Pulsiz birorta hujjatni olib bo‘lmaydi, pulini to‘lasang esa istagan narsangga imzo qo‘yib berishadi. Mana falokat nimada, ularning odamlar xavfsizligiga tupurganlari bor”, deb aytgan Putin.
Putin yong‘inda halok bo‘lganlar xotirasini yod etib, ularga atalgan yodgorlikka gullar qo‘ygan. U shuningdek Kemerovo shifoxonasida yong‘inda jabr ko‘rganlar va voqea tergovi borishidan norozi bo‘layotgan tashabbuskor guruh bilan uchrashgan. Putin ulardan halok bo‘lganlar haqidagi rasmiy ma’lumotlarga shubha qilmaslikni va “shubhali ma’lumotlarga” ishonmaslikni so‘ragan.
27 mart kuni bir necha yuz kemerovoliklar viloyat ma’muriyati binosi oldida miting o‘tkazib, hukumatdan savdo markazida halok bo‘lganlar bo‘yicha haqiqiy raqamlarni ma’lum qilishni talab qilishgan. Ko‘pchilik odamlar halok bo‘lganlar haqidagi rasmiy ma’lumotlarga ishonishmayapti va qurbonlar bir necha yuz nafar bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!