AQSh prezidenti Donald Trampni qo‘llab-quvvatlash darajasi oxirgi oyda 7 foizga oshib, 42 foiz ko‘rsatkichga yetdi. Bu respublikachi uchun oxirgi 11 oydagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. Bu haqda CNN telekompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari guvohlik beradi, deb yozadi Daryo nashri «TASS»ga tayanib.
So‘rovnoma ishtirokchilarining 42 foizi davlat rahbari majburiyatlarini bajarish tarzini ma’qullaydi, 54 foizi uning ishidan noroziligicha qolmoqda. Fevral oyida o‘tkazilgan shunday tadqiqot bilan taqqoslaganda ko‘rsatkich 7 foizga oshgan.
So‘rovnoma qatnashchilarining aksariyati Amerika yetakchisining iqtisodiy siyosati yuzasidan ijobiy fikr bildiradi: 48 foizi uni ma’qullaydi, 45 foizi norozi. Prezidentning savdo-sotiq borasidagi harakatlaridan 50 foizi salbiy, 38 foizi ijobiy fikr bildiradi. Trampning tashqi siyosat yo‘nalishini 39 foiz amerikaliklar ma’qullaydi, 53 foizi salbiy fikrda ekanligini ma’lum qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi