12:36 / 28.03.2018
5 317

Hayvonot bog‘i nazoratchisi kamyob turnani tomoshabinlar ko‘z o‘ngida kaltakladi

Hayvonot bog‘i nazoratchisi kamyob turnani tomoshabinlar ko‘z o‘ngida kaltakladi
Xitoyning Xebey provinsiyasi Shitszyachjuan nag‘rida hayvonot bog‘i xodimi toshomabinlar ko‘z o‘ngida kamyob Manchjuriya turnasini kaltakladi, deya ma’lum qilmoqda Darakchi nashri.

Ma’lum bo‘lishicha, turna hayvonot bog‘i nazoratchisining ko‘zini cho‘qib olgan. Jahl otiga mingan nazoratchi qo‘liga kaltak olib, qushni savalay ketgan. Turna har bir zarbadan qichqirgan. Kaltaklangan qush qonga belangan va bir qanoti singan.

Veterinarlarning yordamiga qaramay, turna butunlay oyoqqa turib ketishi dargumon.

Hayvonot bog‘i nazoratchisi esa rasmiy ogohlantirish olib, 3 oyga ish faoliyatidan chetlashtirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hayvonot bog‘i nazoratchisi kamyob turnani tomoshabinlar ko‘z o‘ngida kaltakladi