Tailandda myanmalik 20 mehnat muhojiri avtobus yonishi oqibatida halok bo‘ldi. Avtobus noma’lum sababga ko‘ra yurib ketayotgan vaqtida yonib ketgan. Bu haqda Nation nashri xabariga tayanib Kun nashri ma’lumot bermoqda.
Ta’kidlanishicha, voqea Tak viloyatidagi trassada yuz bergan. Ikki qavatli avtobus Myanma chegarasidan Tailandning Patxum Txani viloyatidagi sanoat parklaridan biriga 47 muhojirni olib ketayotgan bo‘lgan. 30 mart soat 00:00da avtobus ichida yong‘in chiqqan.
Foto: AP
Yong‘inda omon qolganlarning aytishicha, yong‘in salon o‘rtasida yuzaga kelib, bir zumda avtobusning orqa qismiga o‘tgan va u yerdagi yo‘lovchilarga tashqariga chiqishga imkon bermagan. Haydovchi avtobusni to‘xtatgach, 24 yo‘lovchi, haydovchi, uning rafiqasi va ikkinchi haydovchi transport vositasini tark eta olishgan. Avtobusning orqa qismida bo‘lgan 20 kishi halok bo‘lgan.
Foto: The Nation
Haydovchi o‘t o‘chiruvchilarni chaqirtirgan. Ular yong‘inni tezda o‘chirishgan, biroq ichkarida qolib ketgan odamlarni qutqara olishmagan. Ayni vaqtda voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi