17:30 / 30.03.2018
4 799

Tojikistonda xorijga chiqish pasportini oluvchilar soni ortmoqda

Tojikistonda xorijga chiqish pasportini oluvchilar soni ortmoqda
TR IIV OVIR (viza va ro‘yxatga olish bo‘limi)ning ma’lum qilishicha, Tojikiston va O‘zbekiston fuqorolarining qo‘shni davlat hududlarida vizasiz 30 kun bo‘lishini ta’minlovchi “Fuqorolarning o‘zaro bordi-keldisi” to‘g‘risidagi Shartnoma imzolanganidan so‘ng, mazkur hujjatni olish maqsadida ko‘plab fuqorolar murojaat qilmoqda.

Uzoq yillar mobaynida ilk bor Tojikiston IIV viza va ro‘yxatga olish bo‘limi oldida uzundan uzun navbatlar ko‘zga tashlanmoqda. Vazirlikning ma’sul xodimlaridan biri Muhsin Hamidovning ma’lum qilishicha, avvallari odamlar pul topish maqsadida Rossiyaga borish uchun xorijga chiqish pasportini olgan bo‘lsa, endilikda ko‘pchilik O‘zbekistonga borish maqsadida xorijiy pasport olmoqda.
U qancha odam xorijga chiqish pasportini olish uchun murojaat qilgani borasida javob berishga qiynaldi, biroq uning aytishicha, murojaat qiluvchilar soni Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida vizasiz rejim to‘g‘risida Shartnoma imzolashdan avvalgiga qaraganda 30 foiz ko‘pdir.
Yaqinda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida o‘rnatilgan tartibga binoan, ikki mamlakat fuqorolari qo‘shni mamlakatga faqat xorijga chiqish pasporti bilangina tashrif buyurishlari mumkin.

Tojikistonning xorijga chiqish biometrik pasportining rasmiy narxi $75 ni tashkil qiladi. Bunga qo‘shimcha ravishda 75 somoni miqdorida davlat boji va 40 somoni xizmat haqi to‘lanadi.

Manba: Tnews.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonda xorijga chiqish pasportini oluvchilar soni ortmoqda