06:32 / 02.04.2018
4 196

Erdo‘g‘an Suriyada 4 mingga yaqin jangari yo‘q qilinganini ma’lum qildi

Erdo‘g‘an Suriyada 4 mingga yaqin jangari yo‘q qilinganini ma’lum qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriya hududida olib borilayotgan “Zaytun novdasi” harbiy amaliyotining oraliq natijalari haqida so‘zlab berdi.

“Ayni vaqtda Afrinda 3844 terrorchi yo‘q qilingan. Bu Fransiyani tashvishlantirmoqda, biroq biz bu yo‘ldan ketishni davom ettiramiz”, deb aytgan Erdo‘g‘an teleintervyuda.

Uning aytishicha, amaliyot “Tall-Rifat aholi punkti va boshqa yaqin atrofdagi hududlarda” davom etmoqda.

Avvalroq Erdo‘g‘an Suriya bilan chegaradosh hududlarda yangi aksilterrorchilik amaliyotlari o‘tkazishga tayyorligini aytgan.

Turkiya 20 yanvarda Suriyaning Afrinida kurd tuzilmalariga qarshi “Zaytun novdasi” amaliyotini boshlagan. 18 martda Erdo‘g‘an Afrin turk harbiylari tomonidan olinganini ma’lum qilgan. Keyinroq u Manbij va Idlibda ham harbiy harakatlarni davom ettirishga va’da bergan.

Fransiya ushbu amaliyotga qarshi chiqmoqda. Yanvarda Parij tashabbusi bilan bu masala bo‘yicha BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishi chaqirtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘an Suriyada 4 mingga yaqin jangari yo‘q qilinganini ma’lum qildi