09:57 / 03.04.2018
4 161

Tajovuzkor g‘oz bir o‘zi amerikalik harbiylarga “chaqiriq tashladi” (video)

Тажовузкор ғоз бир ўзи америкалик ҳарбийларга “чақириқ ташлади” (видео)
Internetda AQSHning Oklaxoma shtatidagi harbiy bazada g‘ozning harbiylarga “hujumi” videosi paydo bo‘ldi.

Video harbiy qismdagi kuzatuv kameralari tomonidan qayd qilingan. Rolikda g‘oz harbiylardan biriga yopishgani, harbiy esa g‘ozdan himoyalanmoqchi bo‘layotgandek harakatlar qilib, oxiri qochib qolganini ko‘rish mumkin.

Shundan keyin g‘oz yo‘lakchada mag‘rurona yurishda davom etadi, ortda kelayotgan harbiylar esa uning oldidan biroz hayiqqancha, tez-tez o‘tib ketishga harakat qilishadi.

Videoga izohda aytilishicha, voqea yuz bergan Fort Sill harbiy bazasida Stiv va Brenda laqabli ikkita g‘oz yashaydi. Video mualliflarining biri izohicha, “Stiv ayniqsa jahldor holatda bo‘lgan”.

Rolikka qoldirilgan hazilomuz izohlardan birida amerikalik “baquvvat yigitlar” oddiygina g‘ozdan “qo‘rqib ketishgani” aytilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tajovuzkor g‘oz bir o‘zi amerikalik harbiylarga “chaqiriq tashladi” (video)