23:55 / 03.04.2018
6 275

Shotlandiyalik 55 yoshli ayol go‘zallik tanlovida 24 yashar qizi bilan raqobatlashdi

Shotlandiyalik 55 yoshli ayol go‘zallik tanlovida 24 yashar qizi bilan raqobatlashdi
Lori Meysak haqiqatan hozirgi kunda 55 yoshni qarshilagan. U to‘rt qizning suyukli onasi, ikki nabiraning mehribon buvijoni. Ammo tashqi ko‘rinishi uncha-muncha 20 yashar qizlarning havasini keltiradi.

U qizi Emiga 19 yoshidan mamlakat miqyosidagi go‘zallik tanlovida ishtirok etishi uchun har qanday kerakli yordamni berib kelgan. Yaqinda Emi oyisiga qarab turib, navbatdagi tanlovda birga qatnashib ko‘rishni taklif qildi. O‘ylay-o‘ylay, Lori rozilik bildirdi. Emi uni sahnada o‘zini qanday tutishdan tortib, hakamlar bilan qay tartibda muloqot qilishgacha o‘rgatdi. Shunday qilib ona-bola bir tanlovda ishtirok etishdi. Xo‘sh, natija-chi? Lorining tashqi ko‘rinishi o‘zini oqladi. U “vitse-miss Galaktika”, qizi esa “Miss Grand International Scotland” titullarini qo‘lga kiritishdi.

— Bu tanlov o‘zimga bo‘lgan ishonchimni yanada oshirdi, — dedi Lori jurnalistlarga. — Yangi do‘stlar orttirdim. Hozir o‘zimni 55 emas, balki 21 yosh qizlar kabi tasavvur etyapman…

Ajablanarlisi, Lori to‘rt qizi bilan ko‘chaga chiqsa, tanimaganlar ularni opa-singil bo‘lsa kerak deb o‘ylarkan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shotlandiyalik 55 yoshli ayol go‘zallik tanlovida 24 yashar qizi bilan raqobatlashdi