17:22 / 04.04.2018
4 901

Uchuvchilikdan bexabar 80 yoshli onaxon samolyotni yerga qo‘ndirdi

Uchuvchilikdan bexabar 80 yoshli onaxon samolyotni yerga qo‘ndirdi
AQSHning Viskonsin shtatida istiqomat qiluvchi 80 yoshli keksa onaxon uncha katta bo‘lmagan ikki motorli samolyotda 81 yoshli turmush o‘rtog‘i bilan havoga ko‘tarildi, deb yozmoqda Xs.uz nashri.

Ammo parvoz chog‘ida havo transportini boshqarib ketayotgan otaxon kutilmaganda o‘z hushini yo‘qotadi. Shunda samolyot boshqaruvini umuman bilmaydigan yoshi ulug‘ ayol uni qo‘ndirishning uddasidan chiqdi.
“FoxNew”ning yozishicha, ushbu voqea kuni kecha ro‘y berdi. Turmush o‘rtog‘i o‘zidan ketib qolgach, uchuvchilik tajribasiga ega bo‘lmagan xotini darhol radioaloqa bilan ko‘mak so‘radi. Shtatning Dor okrugidagi aeroportdan zudlik bilan boshqa samolyot yordam uchun samoga ko‘tarildi.

Ikkinchi samolyot uchuvchisi radioaloqa orqali keksa ayolga yo‘l-yo‘riqlarni aytib turganida keksa juftlik bo‘lgan havo kemasi dvigatellaridan birida yoqilg‘i tugab qoldi. Shundan so‘ng onaxonga samolyotni pastlatish tavsiya etilgan.

Buni qarangki, u qo‘nishga muvaffaq bo‘ldi. O‘zi kichik jarohat oldi. Ammo turmush o‘rtog‘i parvoz vaqtida vafot etgan ekan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uchuvchilikdan bexabar 80 yoshli onaxon samolyotni yerga qo‘ndirdi