17:22 / 11.04.2018
6 829

Si Szinpin: dunyoga Xitoy kerak

Si Szinpin: dunyoga Xitoy kerak
XXR raisi Si Szinpinning ma’lum qilishicha, Xitoy rivojlanishini butun dunyodan ajralgan holda tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu haqda Kun nashri xabar qilmoqda.

«Biz so‘nggi 40 yil ichida islohotlar va ochiqlik siyosatini amalga oshirish davomida muhim narsani tushundik: Xitoy rivojlanishi butun dunyodan ajralgan holda yuz berishi mumkin emas, biroq dunyoga ham rivojlanish uchun Xitoy kerak. Xitoy islohotlar va ochiqlik siyosatini amalga oshirib, o‘z rivojlanishiga erishdi, mo‘’jizani yaratdi, biroq Xitoy o‘z rivoji bilan global rivojlanishga ham hissa qo‘shdi», - deya aytib o‘tdi Si Szinpin.

Shuningdek uning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy tinch rivojlanish yo‘lidan harakatlanishda, o‘zaro manfaat va ochiqlik strategiyasini amalga oshirishda davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Si Szinpin: dunyoga Xitoy kerak