07:33 / 12.04.2018
5 114

Tramp katta harbiy operatsiya boshlanayotganidan ogohlantirdi!

Tramp katta harbiy operatsiya boshlanayotganidan ogohlantirdi!
AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyada katta harbiy amaliyot boshlashiga ishora qildi.

«Rossiya Suriyaga uchadigan har qanday raketani urib tushirishi bilan maqtangandi. Tayyorgarligingni ko‘raver, Rossiya. Ular (raketalar – tahr.) uchib boradi. Bu raketalar juda yaxshi, yangi va «aqlli» raketalar! Sen o‘z fuqarolarini gaz bilan o‘ldirib, bundan rohatlanadigan hayvonni (Bashar Asad – tahr.) qo‘llab-quvvatlamasliging kerak edi!», – deb yozdi Tramp tvitterida.

Donald J. Trump‏Podlinnaya uchetnaya zapis @realDonaldTrump 1 ch.1 chas nazadEщe
Russia vows to shoot down any and all missiles fired at Syria. Get ready Russia, because they will be coming, nice and new and “smart!” You shouldn’t be partners with a Gas Killing Animal who kills his people and enjoys it!

Bundan oldinroq Rossiyaning Livandagi elchisi Aleksandr Zasipkin «Al-Manar» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgandiki, Rossiya Suriya hududiga uchirilgan amerikaliklarning raketalarini urib tushirish qarorida qat’iy qoladi. U Suriyaga hujumga javoban o‘t ochilishini ta’kidlagandi.

Qayd etish kerakki, AQSh prezidenti ilk marta amerikalik harbiylar Suriya hududiga zarba berishga hozirlanayotgani haqida rasman ma’lum qilmoqda. Amerikaliklar Damashq yaqinida, Sharqiy G‘uta hududiga Suriya armiyasi tomonidan kimyoviy hujum qilinganini iddao qilishmoqda va buning uchun Suriya hukumatini jazolashmoqchi. Trampni AQShning yaqin ittifoqchilari Buyuk Britaniya va Fransiya qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning aytishicha, G‘arb mamlakatlari Suriyaning ittifoqchilariga hujum qilishni rejalashtirmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum nishonlari – Suriyaning kimyoviy dasturga oid ob’ektlari bo‘ladi.

9 aprelda Oq uy Rossiyaga Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanishi bo‘yicha ayblov qo‘ydi. AQSh prezidenti Donald Tramp bunda Rossiya prezidenti Vladimir Putinni ayblagan va u bu uchun javob berishini aytgandi.

«Putin ham, boshqasi ham javob beradi» – Tramp Suriya bo‘yicha 48 soat ichida qaror qabul qilmoqchi
10 aprel kuni AQShning USS Donald Cook esminetsi Suriyaning Tartus shahriga, Rossiyaning harbiy-dengiz bazasiga 100 km masofagacha yaqinlashdi.

USS Donald Cook esminetsining asosiy quroli 2500 kilometrgacha uchadigan va yadroviy zaryad tashiy oladigan «Tomagavk» raketalari hisoblanadi. Esminets oddiy va zarbdor variantlarda mos ravishda 56ta va 96ta shunday raketa bilan jihozlanadi.

OAVda AQSh Suriyada zarba berish uchun 22 ta mo‘ljalni belgilab olganini ma’lum qilingan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp katta harbiy operatsiya boshlanayotganidan ogohlantirdi!