08:30 / 12.04.2018
5 919

Kanadalik vrach ayollar sun’iy yo‘l bilan homilador bo‘lishida o‘zi bekitiqcha donorlik qilgan…

Kanadalik vrach ayollar sun’iy yo‘l bilan homilador bo‘lishida o‘zi bekitiqcha donorlik qilgan…
Doktor Norman Barvin (Norman Barwin) ustidan 11 kishi sudga jamoaviy shikoyat arizasini taqdim etdi. Aytishlaricha, ularning barchasini ota-onasi sun’iy yo‘l bilan yorug‘ dunyoga keltirgan ekan. Ajablanarlisi, shikoyat qilganlarning barchasiga doktor Norman Barvin biologik ota hisoblanadi. Sababi, o‘z davrida sun’iy tarzda homilador bo‘lishni istab murojaat etgan ayol mijozlarga bekitiqcha yo‘l bilan uning o‘zi donorlik qilgan. Hammalari DNK testidan o‘tish natijasida hozirgi otalari aslida o‘gay ekanini, haqiqiy ota aynan Norman ekanini aniqlashdi.

Sudga murojaat etish fikri Diksonlar oilasidan chiqdi. Ular 2016 yili qizi Rebekkaga qarab turib, negadir doktor Norman Barvinga o‘xshashini payqab qolishgan. Shu zahoti DNK testi topshirishgan. Adashishmabdi. Rebekkaning biologik otasi Barvin bo‘lib chiqdi. Rebekka bu voqeadan keyin yana o‘n kishi bilan uchrashib, ular tug‘ishgan aka-opa, uka-singil ekanini bilib oldi. So‘ngra birgalashib doktor ustidan shikoyat arizasi taqdim etishdi.

Ayni vaqtda doktor Norman Barvin ishdan haydalgan. Yaqin orada sud jarayoni boshlanishini kutmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kanadalik vrach ayollar sun’iy yo‘l bilan homilador bo‘lishida o‘zi bekitiqcha donorlik qilgan…