Meksikaning Janubiy Kaliforniya sohillari yaqinida odamlar bilan yonma-yon suzayotgan yirik o‘lchamli kitsimon akulaning videosi suratga olindi.
Video 36 yoshli Tarsitsio Sanyudo Suares tomonidan dron yordamida olingan.
Videoda ulkan akula yonida 3 kishi suzib ketayotganini ko‘rish mumkin. Keyinroq ularga yana bir kishi qo‘shiladi. Suzayotgan odamlardan biri akulaga qo‘l tekkizsa bo‘ladigan masofagacha yaqinlashib, deyarli uning dumiga qo‘li bilan tekkanini ko‘rish mumkin.
“Kitsimon akulalar osoyishta jonzotlar hisoblanadi va insonga ziyon yetkazmaydi. O‘sha kun men ham akula bilan yonma-yon suzdim va ularni suv ostida GoPro kamerasi yordamida suratga oldim”, deb aytgan Suares.
Kitsimon akulalar dunyodagi eng katta baliqlar hisoblanib, ularning uzunligi 12 metrgacha yetishi mumkin. Ular boshqa aksariyat akulalardan farqli, kitlar kabi planktonlar bilan oziqalanadilar va insonlar uchun xavfli emaslar. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi