Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2017 yilda 18 mln rubldan ko‘proq daromad olgan. Bu qiymat uning 2016 yildagi daromadidan 2 martadan ko‘proqni tashkil qiladi. Kreml saytida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Putinning 2017 yildagi daromadi 18 mln 728 ming rublni tashkil qilgan, 2016 yilda esa 8 mln 858 ming rubl ishlab topgandi.
O‘tgan yil ichida Putinga tegishli yoki u foydalanadigan ko‘chmas mulk ob’ektlari ro‘yxatida o‘zgarishlar yuz berdi. Jumladan, daromadlar haqidagi ma’lumotlarda avval har yil Putin tomonidan deklaratsiya qilingan 1500 kvadrat metrlik yer maydoni boshqa ko‘rsatilmagan. Putin tomonidan deklaratsiya qilib kelingan qolgan ko‘chmas mulk o‘zgarishsiz qolgan, bular: Putinning o‘ziga tegishli 77 kvadrat metrlik kvartira va 18 metrlik garaj hamda u foydalanadigan 153 kvadrat metrlik kvartira va garaj.
Avvalgi yillardagi kabi prezident faqatgina Rossiyada ishlab chiqarilgan mashinalarga, jumladan ikkita GAZ M-21, “Niva” mashinalariga va “Skif avtotirkamasiga ega. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi