08:04 / 15.04.2018
5 719

Lift shaxtasiga tushib ketgan 6 yoshli qizcha mo‘’jiza tufayli omon qoldi (video)

Lift shaxtasiga tushib ketgan 6 yoshli qizcha mo‘’jiza tufayli omon qoldi (video)
Xitoylik 6 yoshli qizcha lift shaxtasiga tushib ketib, biroq yerdan 10 metrcha balandlikda lift konstruksiyasi elementlariga boshi bilan tiqilib qolib, omon qoldi. Qizcha bu holatidan vahimaga tushmay, qo‘llari bilan devordagi tutqichlarni paypaslab, ularni mahkam ushlab olgan. Qizcha qutqaruvchilar kelguncha shu alfozda osilib turgan.

Ushbu holat tasvirlangan videoda qizcha qutqaruvchilar unga yordamga oshiqayotganlarida yig‘lab, baqirayotganini eshitish mumkin. Qutqaruvchilar qizchani “qopqon”dan chiqarib olishgan va onasining qo‘llariga topshirishgan. Qizcha hammasi bo‘lib shaxtada 40 daqiqaga osilib turgan va hech qanday jarohat olmagan. Ushbu videoni quyidagi havola orqali ko‘rish mumkin: >>>VIDEO

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lift shaxtasiga tushib ketgan 6 yoshli qizcha mo‘’jiza tufayli omon qoldi (video)