08:57 / 17.04.2018
6 869

Xazina izlovchilar ming yil avval ko‘milgan xazinani topishdi

Хазина изловчилар минг йил аввал кўмилган хазинани топишди
Germaniyada Daniyani 10-asr oxirida boshqargan qirol Xarald I Ko‘ktish yashirgan bo‘lishi taxmin qilinayotgan xazina topildi. Bu haqda The Guardian'ga asoslanib Kun nashri ma’lum qilmoqda.

3 oycha avval havaskor arxeolog Rene Shon va uning 13 yoshli yordamchisi Luka Malashnichenko Boltiq dengizida joylashgan Ryugen orolini metallqidirgich bilan tekshirib yurishganda ulardan biri yerda qandaydir yaltiroq narsani payqagan. Topilma dastlab alyuminiy folga bo‘lagini eslatgan, biroq sinchkovroq qaralganda u kumushdan ishlangani aniqlangan.

Aprel o‘rtalarida qazilma ishlarini professional boshlagan. Ular belgilangan joyda ming yil avval ko‘milgan 600 ta tanga, dur, uzuk, taqinchoqlar aniqlashgan.

Ryugenda qazib olingan qadimiy tangalar orasida 714 yilda zarb etilgan Damashq dirhamlari bor bo‘lgan. Xazinada topilgan eng yangi tangalar 983 yil bilan sanalangan. Bu esa xazina 980-yillar oxirida, qirol Xarald Pomeraniyaga qochishiga to‘g‘ri kelganda ko‘milganidan darak beradi.

Xarald I 958 yilda hokimiyatga kelgan. U Norvegiya va zamonaviy Shvetsiyaning bir qismini egallab olgan. Uning qirolligi vaqtida Daniya nasroniylikni rasman qabul qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xazina izlovchilar ming yil avval ko‘milgan xazinani topishdi