14:22 / 19.04.2018
4 268

Qirg‘izistonda hukumat iste’foga jo‘natildi

Qirg‘izistonda hukumat iste’foga jo‘natildi
QR prezidenti Sooronboy Jeenbekov hukumatni iste’foga jo‘natish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari devonining axborot siyosati bo‘limi xabariga tayanib Tnews.uz yozmoqda.

Bu bo‘lim ma’lumotlariga qaraganda, ushbu hujjatga binoan, bosh vazir, bosh vazir o‘rinbosarlari, hukumat a’zolari lavozimlarini egallagan shaxslar, vazirlar mahkamasining yangi tarkibi shakllanguniga qadar, ilgari egallab turgan lavozimlariga muvofiq, o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishda davom etadilar. Farmon imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi.

18 aprel kuni deputatlar hukumatga ishonchsizlik bildirish uchun ovoz bergandilar. Eslatib o‘tamiz, avvalroq uchta muxolif fraksiyalar – «Respublika–Ata Jurt», «Ata Meken» va «Onuguu-Progress» Sapar Isakov hukumatining hisobotini qoniqarsiz deb tan olgan edi. Lekin bundan oldin QSDP va “Qirg‘iziston” fraksiyalari vazirlar mahkamasining hisobotini ma’qullagandi.

Sapar Isakov hukumati 2017 yil 26 avgustdan beri ishlab kelmoqda. Sapar Isakov bosh vazir lavozimida 2017 yil oktyabrla Qirg‘iziston prezidentietib saylangan Sooronboy Jeenbekovning o‘rnini egallagandi.

Sapar Isakov mustaqil Qirg‘iziston tarixidagi yigirma to‘qqizinchi bosh vaziri bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda hukumat iste’foga jo‘natildi