13:19 / 22.04.2018
5 752

Qozog‘istonda 17 nafar o‘zbekistonlikni olib ketayotgan mikroavtobus ag‘darildi, qurbonlar bor

Qozog‘istonda 17 nafar o‘zbekistonlikni olib ketayotgan mikroavtobus ag‘darildi, qurbonlar bor
Hodisa joyidan kadr: Tengrinews
Qozog‘istonning Jambul viloyati, Korday tumanidan o‘tuvchi «G‘arbiy Yevropa — G‘arbiy Xitoy» avtomobil yo‘lining 205 kilometrida 21 aprel, soat 07:40 da «Olmaota-Chimkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan, davlat raqami 048 AXZ/13 bo‘lgan Mersedec Sprinter mikroavtobusi tosh uyumiga urilib, halokatga uchradi. Bu haqda O‘zbekiston FVV axborot xizmati xabariga tayanib Daryo ma’lum qilmoqda.

Mikroavtobusda 19 kishi bo‘lib, ularning 17 nafari O‘zbekiston, 2 nafari Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 8 kishi yaralandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning ikki nafari O‘zbekiston, bir nafari Qozog‘iston fuqarosi.

Jarohatlanganlarning barchasi o‘zbekistonlik bo‘lib, Jambul viloyatining Korday tumani markaziy kasalxonasiga joylashtirildi.

YTH oqibatida halok bo‘lganlar:
Sh.Madatov, 1977 yilda tug‘ilgan;
A. Teshabayev, 1971 yilda tug‘ilgan.

Halok bo‘lganlarning jasadi Korday tumani markaziy kasalxonasida saqlanmoqda.

YTH oqibatida jabrlanganlar:
M. Nurpeisov, 1965 yilda tug‘ilgan;
I. Jamalov, 1971 yilda tug‘ilgan;
A. Hakimov, 1969 yilda tug‘ilgan;
B. Kalmurzayev, 1994 yilda tug‘ilgan;
E. Husanov, 1986 yilda tug‘ilgan;
X. Davronov, 1976 yilda tug‘ilgan;
A. Madatov, 1968 yilda tug‘ilgan;
D. Madatov, 1981 yilda tug‘ilgan.

O‘zbekiston FVV «Tezkor raqamlari»: (+998 71) 147-10-50;
O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi: (+7 727) 291-06-44.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda 17 nafar o‘zbekistonlikni olib ketayotgan mikroavtobus ag‘darildi, qurbonlar bor