4 220
«Men nohaq edim». Armanistonda inqilob g‘alaba qozondi, Sargsyan iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi
Armaniston bosh vaziri Serj Sargsyan iste’foga chiqdi. Bu haqda hukumat saytida ma’lum qilingan.
Sargsyan keyingi 2 hafta mobaynida Armanistonni qamrab olgan norozilik namoyishlari ortidan iste’foga ketishga majbur bo‘ldi.
«Men davlat rahbari sifatida sizlarga oxirgi marta murojaat etmoqdaman. Nikol Pashinyan haq edi. Men nohaq edim. Men xato qilgandim. Og‘ir vaziyat yuzaga kelgandi, vaziyatni hal qilishning bir necha yo‘li bor edi. Birortasini tanlamadim, chunki ularning birortasi menga to‘g‘ri kelmasdi. Men sizlarning talabingizni bajaraman va mamlakat rahbari lavozimidan voz kechaman», — degan Sargsyan.
Endilikda bosh vazir o‘rinbosari, 2016 yilning 13 sentyabridan 2018 yilning 9 apreligacha ham bosh vazir bo‘lgan Karen Karapetyan vaqtinchalikka mamlakat bosh vaziri lavozimini egallagan.
Yerevanda 13 aprel kuni mamlakat sobiq prezidenti, o‘z prezidentligi davrida referendum o‘tkazib, Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilishiga va parlamentar respublika joriy etilishiga erishgan, prezidentlik vakolati muddati tugagach, bosh vazirga aylangan Serj Sargsyanga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi.
Muxolifat rahbari «Baxmal inqilob» haqida e’lon qildi. 22 aprel kuni muxolifat rahbari, deputat Nikol Pashinyan Serj Sargsyan bilan muzokara o‘tkazishga harakat qildi, ammo tomonlar kelisha olishmali. Shundan so‘ng Pashinyan va uning tarafdori bo‘lgan boshqa deputatlar hibsga olindi, shu kuni kechqurun Yerevandagi Respublika maydoniga 100 ming kishi to‘plandi, 23 aprel kuni Pashinyan ozod etildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi