20:45 / 25.04.2018
3 716

Rossiya rivojlanayotgan mamlakatlarga 2017 yilda 1,2 mlrd dollar berdi

Rossiya rivojlanayotgan mamlakatlarga 2017 yilda 1,2 mlrd dollar berdi
2017 yilda Rossiya rivojllanayotgan mamlakatlarga ko‘mak tariqasida 1 milliard 200 million dollardan ortiq mablag‘ berdi. Bu haqda tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Aleksandr Pankin bayonot berdi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib Tnews.uz yozmoqda.

Gap bu yerda ikki tomonlama munosabatlar doirasida, shuningdek xalqaro tuzilmalarga, jumladan BMTga badal sifatida Moskva tomonidan berilgan mablag‘lar haqida bormoqda, deya izoh berdi Pankin.

Uning so‘zlariga qaraganda, Moskva sobiq sovet hududlaridagi mamlaktlarni, shuningdek “Lotin Amerikasi va Osiyodagi azaliy strategik hamkorlarni” qo‘llab-quvvatlayveradi. Amaldor bu kabi davlatlar “yetarlicha aniqlanganini” aytar ekan, aniq bir mamlaktni tilga olmadi.

Ekspertlarning fikricha, 11 yil mobaynida Rossiya byudjetidan xorijiy davlatlarga ko‘mak maqsadida ajratilgan mablag‘lar 11 barobar oshgan. 2005 yilda bu raqam yuz million dollarni tashkil qilgan edi. Ekspertlar Rossiyadan eng ko‘p ko‘mak oladigan uchta davlat- Qirg‘iziston (323 million dollar), Armaniston (37,3 million dollar) va Tojikiston (21,7 million dollar) ekanligini aytishadi.

So‘ngi yillarda Moskva boshqa mamlakatlarning 80 milliard dollardan ortiq qarzini kechib yubordi, ayni damda Rossiyaning o‘zining tashqi qarzi 50 milliard dollardan ortiqni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya rivojlanayotgan mamlakatlarga 2017 yilda 1,2 mlrd dollar berdi