09:05 / 28.04.2018
3 870

Seyshel va Maldiv 10 yildan so‘ng Yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketishi mumkin

Seyshel va Maldiv 10 yildan so‘ng Yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketishi mumkin
Foto: “World Atlas”
AQSH Geologiya xizmati va Gavayi universiteti olim va tadqiqotchilari xulosasiga ko‘ra, Hind va Tinch okeanidagi aksariyat orollar 2030 yilga borib yashash uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi. Marshall orollarida suv sathining o‘zgarishi va geologik xususiyatlarning o‘rganilishi natijalari olimlarni tashvishlantirmoqda: dengizning quruqlikka bostirib kelishi muqarrar, ammo orol-davlatlar hududlarining suv ostida qolishi — yaqin o‘n yillikdagi yagona muammo emas.

Orollarni suv bosishidan tashqari, odamlar global isish tufayli yuzaga kelgan ichimlik suvi muammosidan ham qiynaladilar. Chuchuk suv zaxiralari muntazam ozayib boradi, ayniqsa, 2030-yillarning boshidan bu o‘tkir muammoga aylanadi. Olimlarning aytishicha, yirik orol-arxipelaglar — Spratli va Gavayi orollarini ham shu qismat kutmoqda.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Seyshel va Maldiv 10 yildan so‘ng Yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketishi mumkin