22:25 / 28.04.2018
4 035

Haydovchi avtobusni tor ko‘chada mohirona boshqardi (video)

Haydovchi avtobusni tor ko‘chada mohirona boshqardi (video)
Shveysariyalik haydovchi Kristian Griz (Christian Grize) Italiyaning Triora qishlog‘i tor ko‘chalarida ulkan avtobusni mohirona boshqarganligi bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini hayratga soldi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Haydovchining aytishicha, hamkasblari allaqachon buni uddalashgani haqida uni ishontirishga harakat qilishgan. U boshqargan sayyohlar avtobusi ulkanligi tufayli ko‘chaga arang siqqan. Barcha tor va xavfli ko‘chalar ortda qolganini ko‘rgan sayyohlar Kristianni qarsaklar bilan olqishlashdi.

Mazkur voqea aks videoni Facebook ijtimoiy tarmog‘ida 1,3 million kishi tomosha qilgan, 17 ming nafar foydalanuvchi esa uni do‘stlari bilan bo‘lishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Haydovchi avtobusni tor ko‘chada mohirona boshqardi (video)