13:57 / 29.04.2018
3 966

Tramp tarixiy muvaffaqiyatga erishadi(mi?)

Tramp tarixiy muvaffaqiyatga erishadi(mi?)
Foto:«RIA Novosti»
AQSh prezidenti Donald Tramp Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida o‘zining Shimoliy Koreya lideri Kim Chen In bilan bo‘lajak uchrashuvi haqida suhbatlshdi, deb yozadi Xabar nashri.

AQSh rahbari o‘zining «Twitter»dagi sahifasida suhbatning mavzusi yaqin kunlarda bo‘lishi kutilayotgan sammitning joyi va vaqti haqida bo‘lgan.

«Hozirgina Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan gaplashdim. Hammasi yaxshi ketmoqda. Shimoliy Koreya bilan o‘tadigan sammit kuni aniqlanmoqda. Shuningdek, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan ham suhbatlashdim, uni bo‘lajak uchrashuv haqida boxabar qildim», deya yozadi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya shu yilning 21 aprelidan boshlab o‘zining yadro sinovlarini to‘xtatganini va yadroviy poligonining faoliyatini tugatganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, 27-aprel kuni ikki Koreya rahbarlari o‘rtasida ham tarixiy uchrashuv bo‘lganligi haqida saytimizda xabar bergan edik. Galdagi uchrashuv may oyining oxiri, yoki iyun oyi boshlarida AQSh prezidenti Donald Tramp hamda KXDR lideri Kim Chen In o‘rtasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Agarda, Shimoliy Koreya o‘zining yadroviy dasturidan butunlay voz kechsa, bu Donald Tramp ma’muriyatining katta yutug‘i bo‘lishi mumkin. Chunki hali birorta AQSh prezidenti Shimoliy Koreya muammosini hal qilishga bu qadar yaqin kelmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp tarixiy muvaffaqiyatga erishadi(mi?)