18:56 / 29.04.2018
3 693

Ispaniya politsiyasi banan solingan qutilar ichidan 9 tonna kokain topdi

Ispaniya politsiyasi banan solingan qutilar ichidan 9 tonna kokain topdi
Foto:“RIA Novosti”
Ispaniya politsiyasi yuk kemasida banan solingan qutilar ichiga yashiringan 9 tonna kokainni aniqladi. Bu haqda “Gazeta.ru”ga tayanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.

Aniqlanishicha, yukning qiymati 9 milliard yevroga baholanmoqda. Banan ichiga berkitilgan kokain olib kelgan kema Kolumbiyadan Alxesiras portiga kelgan.

Ispaniya ichki ishlar vaziri Xuan Ignasio Soido ushbu ish yuzasidan 6 kishi gumondor sifatida hibsga olinganini ma’lum qilgan.

2017 yilning dekabr oyida amerikalik harbiylar Tinch okeanida o‘tkazilgan narkotrafikka qarshi amaliyot paytida kokain qoplari orasiga kirib qolgan dengiz toshbaqasini qutqarib olgan edilar. O‘sha paytda qo‘lga kiritilgan kokainning bahosi 57 million dollar sifatida baholangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ispaniya politsiyasi banan solingan qutilar ichidan 9 tonna kokain topdi