06:52 / 01.05.2018
4 235

Nikol Pashinyan nomzodi rasman Armaniston bosh vazirligiga ko‘rsatildi

Nikol Pashinyan nomzodi rasman Armaniston bosh vazirligiga ko‘rsatildi
Armanistondagi norozilik harakati yetakchisi, parlamentdagi “Yelk” fraksiyai rahbari Nikol Pashinyan rasman Armaniston bosh vazirliga ko‘rsatildi, deb yozmoqda Tnews.uz sayti.

Yangi bosh vazir saylovi 1 may kuni Armaniston Milliy Yig‘ini (parlamenti) maxsus majlisida bo‘lib o‘tadi. Konstitutsiyaviy isloxatlardan so‘ng bosh vazir aynan parlament tomonidan saylanadi, prezident emas balki bosh vazir mamlakatdagi xokimiyatning to‘laqonli rahbariga aylanadi.

Bosh vazir etib saylanish uchun nomzod parlamentda 53 ta ovoz olishi kerak. Muxolifatdagi «Yelk» fraksiyasining parlamentda atigi 9ta o‘rni bor. Mutloq ko‘pchilik ovoz (58ta o‘rin)ga hukmron Respublikachilar partiyasi ega.

Ommaviy norozilik namoyishlaridan so‘ng Respublikachilar o‘z nomzodini bosh vazirlikka tavsiya qilmasligini aytdi. Biroq xukmron partiyaning parlamentdagi fraksiyasi rahbari Vagram Bagdasaryan o‘z partiyasi muxolifatdagi partiya nomzodi uchun ovoz berishini iste’sno qildi. O‘tgan haftada Pashinyan bayonot berib, agar “xalq unga ma’suliyatni yuklasa”, u holda Armaniston bosh vaziri bo‘lishga tayyorligini bildirdi.

Armanistonda ommaviy norozilimk namoyishlari ikki haftadan beri davom etmoqda. Bunga xokimiyatga qolish maqsadida unchalik ham obro‘ga ega bo‘lmagan sobiq prezident Serj Sargsyanning bosh vazir bo‘lgani sabab bo‘ldi. Ikki muddat prezident bo‘lgan Sargsyan uchinchi muddatga prezidentlikka nomzodini qo‘ya olmasdi, shu sababli xokimiyat prezidentdan xukmron partiya saylaydigan bosh vazir qo‘liga o‘tishini ta’minlash maqsadida mamlakatda konstitutsiyaviy islohatlar o‘tkazdi. Islohatlar o‘tkazar ekan, o‘z nomzodini bosh vazirlikka qo‘ymaslika va’da berdi, biroq bu va’dasini buzdi, bu o‘z navbatida ko‘pchilik tomonidan aldoqchilik sifatida ko‘rildi.

Armanistonning ko‘plab shaharlarida ommaviy noroziliklardan so‘ng endigina bosh vazir etib saylangan Sargsyan iste’foga ketdi, u “xato qilganligini” tan oldi, endilikda muholifat yangi parlament saylovlari o‘tkazilishini talab qilmoqda. 42-yoshli Pashinyan fuqorolarning tinch itoatsizlik namoyishlari davom etaverishini va mamlakatdagi “Xalq harakati”ning tarafdorlarini bosh vazir saylanadigan 1 may kuni “Armaniston ko‘cha va maydonlarini to‘ldirishga” chaqirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nikol Pashinyan nomzodi rasman Armaniston bosh vazirligiga ko‘rsatildi