Dunyoning 2-raqamli eng boy odami, Microsoft kompaniyasi asoschilaridan biri Bill Geyts AQSh prezidenti Donald Trampning fan bo‘yicha maslahatchisi lavozimini egallash haqidagi taklifini rad etgan. Bu haqda Geytsning o‘zi Statnews nashriga bergan intervyusida so‘zlab berdi. Ta’kidlanishicha, ushbu lavozim 2017 yil yanvardan beri egasiz qolmoqda.
Geytsning aytishicha, uning Tramp bilan uchrashuvida gap grippdan universal vaksina yaratish haqida ketgan. Avvalroq Geyts bu maqsadda 12 mln dollar ajratishini ma’lum qilgandi.
Milliarderning aytishicha, Tramp bu g‘oyaga katta qiziqish bildirgan. Geyts suhbat chog‘ida fan bo‘yicha maslahatchi lavozimi bo‘sh qolayotganini eslatib o‘tgan.
“Men “Balki bizga fan bo‘yicha maslahatchi kerakdir?” deb so‘raganimda, u mendan “Bu lavozimni egallashni istarmidingiz?”, deb so‘ragandi”, deb eslagan Geyts. Geytsning aytishicha, biroq u Trampning bu taklifini rad etib, “Bu mening vaqtimning eng yaxshi sarflanishi bo‘lmaydi”, deb javob qilgan.
Bu lavozimni egallagan so‘nggi odam Jon Xoldren bo‘lgan va uni Barak Obama prezidentligi vaqtida 2009 yildan 2017 yilgacha egallagan. Xoldren bu lavozimni shu yo‘nalishdagi maslahatchilardan eng uzoq vaqt egallagani hisoblanadi.
Donald Tramp prezident bo‘lgandan keyin bu lavozimga hech kimni ilgari surmagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi