19:57 / 02.05.2018
7 141

Tojikistonda selfi olmoqchi bo‘lgan ikki qiz daryoga tushib ketdi (video)

Tojikistonda selfi olmoqchi bo‘lgan ikki qiz daryoga tushib ketdi (video)
Bugun “Instagram” ijtimoiy tarmog‘ida yosh qizlarning Surxob daryosiga tushib ketishi tasvirlangan video paydo bo‘ldi.
Videoni telefonga boshqa bir qiz – halok bo‘lgan 15 yashar qizning opasi olgan, u ham o‘sha payt daryo qirg‘og‘ida bo‘lgan.

Kadrga qizlar to‘lib oqayotgan daryoga suvga juda yaqin yerdan foto olish maqsadida yaqin kelgani tushib qolgan. Shundan so‘ng qizlardan biri suvga tushib ketgan, ikkinchisi esa unga yordam berish uchun qo‘lini cho‘zgan, biroq u ham daryoga tushib ketdi. Videoda ko‘rish mumkinki, daryoning tez oqimi qizlarni qirg‘oqdan bir soniyada uzoqlashtirib ketgan.

Rasht tumanida yashovchi 15 yoshli qiz va Dushanbe shahridan bo‘lgan 19 yoshli qizning jasadi 29 aprel kuni 35 kilometr masofada topilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonda selfi olmoqchi bo‘lgan ikki qiz daryoga tushib ketdi (video)