00:18 / 09.05.2018
58 264

Chingizxon haqida 15 maxfiy fakt

Chingizxon haqida 15 maxfiy fakt
Chingizxon — Mo‘g‘ullar davlatining asoschisi va eng birinchi buyuk xoni. Bosqinchi hukmdor shu qadar shafqatsiz va berahm bo‘lganki, hatto Gitler ham uning oldida oddiy havaskordek tuyiladi.

XIII asr boshlarida Mo‘g‘ullar davlati o‘ziga butun Osiyoni bo‘ysundiradi va hech bir dushman Chingizxon va uning qonxo‘r askarlariga qarshi chiqa olmaydi.

40 million odamning o‘ldirilishi

Tarixchilarning fikriga ko‘ra, Chingizxon 40 million odamning o‘limiga sababchi bo‘lgan. Bu o‘sha davrda dunyo aholisining 11 foizini tashkil etgan. Xonning hukmronlik davri hattoki XIII asr iqlimiga ham ta’sir qilgandi: atmosferaga 700 million tonna CO2 chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik oqibatida sayyoraning sovib ketishi boshlangandi.

10 yoshli Chingizxon akasining qotili

Bo‘lajak hukmdorning bolalik davri og‘ir kechgan. Chingizxon atigi 9 yoshida otasi dushman tomonidan zaharlangan. Shuning uchun onasi 7 nafar farzandni o‘zi tarbiya qilgan. Oila ochlikdan aziyat chekardi. Bir kuni tutingan akasi Chingizxon bilan ovqatini bo‘lishmagani uchun u akasining qotiliga ayalangan.

Chingizxon xonning haqiqiy ismi emas

Chingizxonning haqiqiy ismi — Temuchin. Otasi Yasug‘oy Bahodir o‘g‘lini o‘z asirligidagi tatar qabilalari boshlig‘i Temuchin sharafiga ataydi. “Chingizxon” esa uning unvoni. “Xon” — hokim, “Chingiz” — o‘sha davrda “ummon” ma’nosini anglatgan, hozirda esa bu so‘z “hokim” deb tarjima qilinadi.

Qiynashning o‘ta shaf­qatsiz metodlari

Buyuk xon dushmanlarining ko‘zi va quloqlariga eritilgan kumush quydirgan. Bundan tashqari, u odamlarni umurtqasi sinmagunicha piyozga o‘xshab bukishlarini ham sevib tomosha qilgan. G‘alabani ular dushman tanasi ustida turib nishonlashgan. Bunda mo‘g‘ullar ularning tanasi ustiga doska va stollar qo‘yishgan, so‘ng ustiga chiqib, qurbon ezilib o‘lguniga qadar ichkiliklar ichishgan.

Asir qabilalar orasidagi go‘zallik tanlovlari

Chingizxon ayollarni yaxshi ko‘rgan va har bir yutug‘idan so‘ng o‘zi va armiyasi uchun asir qabilalar orasidan eng chiroyli ayollarni tanlab olgan. U hattoki kanizaklari orasida go‘zallik tanlovlarini ham uyushtirib turgan. Uning haramida bir necha ming ayollar yashagan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi Chingizxondan farzandlar dunyoga keltirgan.

Buyuk xon kuchli askarlar ustidan g‘alaba qozongan

Xonning armiyasi 90 ming mo‘g‘ulni, Szin sulolasi armiyasi esa 1 million askarni tashkil etgan. Shunday bo‘lsa ham ular g‘alabani qo‘ldan boy berishmadi. Chingizxon Shimoliy Xitoy va Pekin ustidan nazoratni qo‘lga kiritishdan oldin 500 ming jangchini qirib tashlagan.

Dushmanlarini o‘z izdoshlari deb qabul qilgan

1201 yilgi urush davrida kamonchi Zurg‘aday Chingizxonning sevimli otini o‘ldiradi. Bundan hukmdor hayratga tushadi va uni o‘ldirishdan ko‘ra, harbiy qo‘-mondon etib tayinlaydi. Shundan so‘ng Zurg‘aday Chingizxonning eng ishonchli generali bo‘lib qoladi.

Xonning tashqi ko‘rinishi haqida aniq faktlar mavjud emas

Chingizxonning maktab darsliklarida va boshqa adabiyotlarda suratlari ko‘pligiga qaramasdan, hech kim uning, aslida, qanday ko‘rinishda bo‘lganligini ayta olmaydi. Ba’zi tarixchilar uning sochlari qizil bo‘lganligini taxmin qilishadi.

Ko‘p bolali ota

Chingizxon uning avlodlari qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha katta ahamiyatga ega bo‘ladi, deb o‘ylagan. Ekspertlarning fikriga ko‘ra, hozirgi kunda uning avlodlari osiyoliklarning 8 foizini tashkil etadi.

Mo‘g‘ulistonning milliy qahramoni

Mo‘g‘ullarning oliy davlat sovrini Chingizxon ordeni hisoblangan. Uning portreti mo‘g‘ul qog‘oz pullariga, suvenirlarga tushirilgan, uning sharafiga turli mehmonxonalar, restoranlar, avialaynerlar nomlangan.

Eronliklarga qarshi genotsid siyosati

XIII asrda Xorazm imperiyasi Chingizxon mo‘g‘ul armiyasi sababli qu-laydi, dushmanning hujumidan yo‘q bo‘lib ketishiga oz qoladi. O‘sha davrda xon jangchilarining 3/4 qismini eronliklar tashkil etgan. Oradan 700 yil o‘tibgina aholi mo‘g‘ul darajasiga yetadi.

Chingizxon turli dinlarga nisbatan adolatli bo‘lgan

Hukmdor bo‘sh vaqtlarida islom, buddizm, daotsizm, xristian dinlarini o‘rgangan. U Mo‘g‘ullar imperiyasida turli dinlarga e’tiqod qiluvchilar yashay olishini xohlagan.

Jinoyatchilarni jazolagan

Buyuk xon insonlarni o‘zi chiqargan qonunlarga bo‘ysungan holda baxtli yashashlariga qo‘yib bergan. Har qanday qonunbuzarlik qattiq jazolangan. Masalan, Xorazm davlatidagi shahar hokimiyati Chingizxonning tijorat karvonini bosib olib, savdogarlarni o‘ldirish uchun 100 ming nafar jangchisini yuboradi. Natijada minglab aholi o‘ldirilgan, hokimning ko‘zi va og‘ziga eritilgan kumush quyishgan.

Sirli o‘lim

Chingizxon 1227 yilda 65 yoshida vafot etgan. Buyuk hukmdorning dafn etilgan yeri sirligicha qolgan, o‘limi sabablari haqida esa turli mish-mishlar tarqalgan. Manbalarda uning o‘limiga turli sabablar: kutilmagan kasallik, otdan yiqilib tushish kabilar keltirilgan. Bundan tashqari, uning yosh tangut malikasi tomonidan pichoqlab o‘ldirilgani haqida ham mish-mishlar uchraydi.

Insoniyat tarixidagi eng yirik kontinental imperiya

Chingizxon — insoniyat tarixidagi eng yirik kontinental davlat asoschisi. Mo‘g‘ullar imperiyasi Yer yuzasining 16,11 foizini, ya’ni 9,266 million kv. km maydonini egallagan. Imperiya o‘zida Dunaydan Yapon dengizigacha hamda Novgoroddan Kambojagacha bo‘lgan masofani qamrab oladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chingizxon haqida 15 maxfiy fakt