11:20 / 10.05.2018
8 164

Misr ma’muriyati Tutanxamon maqbarasida qidiruvni to‘xtatdi (foto)

Misr ma’muriyati Tutanxamon maqbarasida qidiruvni to‘xtatdi (foto)
Misr ma’muriyati 3000 yillik tarixga ega Fir’avn Tutanxamonning maqbarasida maxfiy xonalar qidiruvini to‘xtatdi, deb yozadi Darakchi nashri.

2015 yilda angliyalik misrshunos olim Nikolas Rivz maqbaradagi tekshiruvlari natijasida maqbara shimoliy devorlarida yashirin tarzda bo‘yab tekislab yuborilgan yana ikki eshik o‘rni mavjudligi haqida ma’lum qilgan va 2016 yilda qidiruv ishlari boshlab yuborilgan edi. Bu xonalarning biri Exnaton (Amenxotep IV)ning birinchi rafiqasi Nefertitining qabri, birida esa ikkinchi rafiqasi Kiyining qabri bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingan edi.

Biroq Italiyadagi Turin universiteti mutaxassislari tomonidan olib borilgan chuqur tekshiruvlar devor ortida hech qanday xonalar mavjud emasligini ko‘rsatdi.

Misr hukumati natijalarni tan oldi va qidiruv ishlarini to‘xtatdi.

Eslatib o‘tamiz, Fir’avn Tutanxamon tahminan miloddan avvalgi 1332-1323 yillarda hukmronlik qilgan. Tutanxamonning tosh qabri 1922 yilda britaniyalik olim Hovard Karter tomonidan topilgan. Uning otasi Exnaton bo‘lgan. Exnaton vafot etgach, Tutanxamon sakkiz yoshida taxtga o‘tirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Misr ma’muriyati Tutanxamon maqbarasida qidiruvni to‘xtatdi (foto)