15:23 / 10.05.2018
6 128

Dunyodagi eng kuchli siyosiy rahbar kim?

Dunyodagi eng kuchli siyosiy rahbar kim?
Sputnik va Fransiyaning Ifop kompaniyasi o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, ayni damda Vladimir Putin va Donald Tramp dunyoning eng kuchli siyosiy rahbarlaridir.

So‘rov natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, italiyaliklarning 38%, Fransiya va Germaniya aholisining 34 %, Vladimir Putinni ayni damda dunyodagi eng kuchli rahbar deb hisoblar ekan.

Britaniyada xuddi shunday fikrda bo‘lganlar soni 26% ni tashkil qilgan. Donald Tramp foydasiga ovoz berganlar soni 33%ni tashkil qilgan.

AQShda esa Vladimir Putinni dunyoning eng kuchli rahbari deb hisoblaydiganlar soni 23 % Donald Trampni eng kuchli rahbar deb hisoblaydiganlar soni esa 43 %ni tashkil qilgan.

So‘rov Ifop kompaniyasi tomonidan 2018 yilning 22-27 mart kunlari o‘tkazildi. Unda 18 yoshdan katta bo‘lgan 5029 nafar kishi ishtirok etgan. So‘ralganlar mamlakat aholisini yoshi, jinsi va turar joyi bo‘yicha baravar taqdim etadi. So‘rovning umumiy xatolik ehtimoli 3,1 %ni, ishonchlilik ehtimoli 95 %ni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng kuchli siyosiy rahbar kim?