Domodedovo bojxonasi xodimlari Dubaydan uchib kelgan 24 yoshli o‘zbekistonlik qizdan qiymati bir million rubldan ortiq turuvchi zargarlik buyumlarini musodara qildi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Qiz yashil yo‘lakda to‘xtatilgan. Uning qo‘l yuki ichida Cartier uzugi va bilaguzugi hamda sirg‘alar bo‘lgan.
«O‘zbekiston fuqarosi bu taqinchoqlarni unga dam olayotib tanishib qolgan bir yigit sovg‘a qilganini bildirdi. Uning aytishicha, taqinchoqlarning narxini bilmaydi, ularning hujjati ham yo‘q bo‘lgan», — deyiladi xabarda.
Ekspertlarning aniqlashlaricha, zargarlik buyumlari 750-probali oq oltindan tayyorlangan bo‘lib, brilliantlar o‘rnatilgan. Ularning qiymati ichki bozorda bir million 71 ming rublni tashkil etadi.
Taqinchoqlar musodara qilindi, qizga buyumlarni deklaratsiyadan o‘tkazmaganligi uchun katta miqdorda jarima solinadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi