00:09 / 15.05.2018
17 819

Siz jannatda hayot qandayligini bilasizmi?

Siz jannatda hayot qandayligini bilasizmi?
Rohman. Qur’onni o‘rgatdi. Insonni yaratdi. Unga bayonni (o‘qish va yozishni) o‘rgatdi. (Kunlarning hisobi) Quyosh va oy hisobidadir. Osmonni baland ko‘tardi va tarozuni o‘rnatdi deb o‘z kalomi Ar-Rohmanda habar bergan, eng buyuk ilm sohibi bo‘lgan Muallim va Adolatda odil Zot bo‘lgan Alloh subhanahu va taologa hamd va sanolarimiz bo‘lsin.

«Sizlarga jannatning taxtlaridan habar beraymi?» deb o‘z ummatlarini quvontirgan Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ga salovatu salomlar bo‘lsin.

Inson bu dunyo hayotida yashar ekan, o‘zining kelgusi hayoti ohirat dunyosi haqida qiziqishlari ortib boradi. Ayniqsa, Jannatdagi hayot qanday bo‘lishiga har bir mo‘min kishi qiziqishi tabiy hol. Shuning uchun Jannat hayoti qanday ekanligi haqida Alloh taoloning kalomi Qur’oni Karimga murojaat qilib, undagi jannat hayoti haqidagi xabarlarni bilishimiz mumkin.

Alloh taolo aytadi: «Robbisi huzurida turishdan qo‘rqqanlar uchun ikki jannat bor» (Qiyomat kuni olam Parvardigorining huzurida savollarga javob berishdan, hisob-kitob maqomidan qo‘rqib, tirikligidayoq tayyorgarlik ko‘rib, yaxshilik bilan kun kechirganlarga ikki jannat bor ekan. «Ikkin jannat» ning bir necha sharhlari bor, jumladan, insga alohida jannat, jinga alohida jannat yoki ikkovlaridan har birlariga ikkitadan jannat, gunohkorlar jahannam bilan o‘ta qaynoq suv o‘rtasida aylansalar, taqvodorlar birinchi jannatlari, ya’ni, bog‘lari bilan ikkinchi jannatlari — bog‘lari orasida sayr qiladilar.) («Ar-Rohman» surasi, 46-oyat)

«Ikkovlarida ham mevadan juft navlar bor» («Ar-Rohman» surasi, 52-oyat).

«Ipak astarli to‘shaklarga yonboshlagan va ikki jannat mevalari yaqin bo‘lgan hollari bor» («Ar-Rohman» surasi, 54-oyat).

«Ularda ko‘zlari tiyilgan, avval ins ham, jin ham tegmagan (hur) lar bor» («Ar-Rohman» surasi, 54-oyat).

«Ehsonning mukofoti, faqat ehsondir».

«U ikkovidan pastroqda yana ikki jannat bor» («Ar-Rohman» surasi, 62-oyat).

«Ikkovlari yam-yashildir. Ikkovlarida otilib turuvchi ikki buloq bor» («Ar-Rohman» surasi, 64-66).

«Chodirlarni lozim tutgan hurlar bor» («Ar-Rohman» surasi, 72).

«Yashil bolishlarga va go‘zal gilamlarda yonboshlagan hollari bor» («Ar-Rohman» surasi, 76).

Darhaqiqat, Alloh taolo o‘zining kalomi Qur’onda jannat tarifini go‘zal tarzlarda tavsiflagan. Xususan Imom G‘azzoliy aytadi: «Har qachon sen jannatda hayot qandayligini bilmoqchi bo‘lsang, Qur’onni o‘qi Allohning izohlashidan ortiqroq sharhni boshqa hech qayerdan topa olmaysan. Ulug‘lik va ikrom egasi bo‘lmish. Robbing ismi muborak bo‘ldi».

Alloh taolo barchalarimizni o‘zining kalomi Qur’onda guzal tariflar bilan bayon qilgan «Ikkin Jannat»iga musharraf qilsin.
Odiljon domla RASULOV,
Marhamat tumanidagi
«Bozor boshi» jome’ masjidi imom-xatibi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Siz jannatda hayot qandayligini bilasizmi?