19:39 / 15.05.2018
5 015

Amerikalik erkak qo‘ziqorin terishga borib, ikki boshli bug‘u bolasini topib oldi

Amerikalik erkak qo‘ziqorin terishga borib, ikki boshli bug‘u bolasini topib oldi
AQShning Minnesota shtatida yashovchi erkak o‘rmonga qo‘ziqorin terishga borib, ikki boshli bug‘u bolasining jasadini topib oldi, deb xabar beradi Daryo.

Erkak topilma haqida o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasiga ma’lum qildi. Shundan so‘ng jonivorning murdasi tabiiy resurslar vazirligiga yetkazildi. Jonivorning jasadi kelgusidagi tadqiqotlar uchun muzlatib qo‘yildi.

Tadqiqotlar jonivorning umurtqasi ikkiga bo‘lingani va undan alohida boshlarga ega ikkita bo‘yin o‘sib chiqqanini ko‘rsatdi.

Jonivorning o‘pkasi oxirigacha shakllanmagani uchun u o‘lik tug‘ilgan. Bug‘u bolasining ovqat hazm qilish tizimi ham ikkita bo‘lgan. Biroq ulardan faqat bittasi to‘laqonli ravishda ishlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik erkak qo‘ziqorin terishga borib, ikki boshli bug‘u bolasini topib oldi